Mahsulotlar

Bizning Kolleksiyalar

Toshkentda laminat tanlash bo’yicha qo‘llanma

Chidamlilik sinfi (AC) nimani bildiradi

AC3 — kvartira uchun: yotoqxona, mehmonxona, kabinet. AC4 — yuk ko‘p tushadigan joylar: koridor, oshxona, kichik ofis. AC5 va AC6 — tijorat maydonlari: do‘kon, restoran, ofis. Toshkent kvartiralarida ko‘pincha AC4 optimal: narxi AC5 dan past, lekin koridordagi yurishga bardosh beradi.

Qalinlik va tovush

8 mm — standart va eng arzon variant. 10–12 mm qalinroq panel qadam tovushini kamaytiradi, notekis polni yaxshiroq yashiradi va oyoq ostida qattiqroq turadi. Ko‘p qavatli uyda qo‘shni qavatga tovush o‘tishi muhim bo‘lsa, 10 mm dan boshlash ma’qul.

Suvga chidamlilik

Oshxona, koridor va hammom yaqinidagi joylar uchun suvga chidamli laminatni tanlang — to‘kilgan suv qulf choklaridan o‘tib panelni shishirmasligi kerak. Oddiy laminat quruq xonalar uchun mos.

Qancha kerak

Xona maydonini o‘lchab, kesish chiqindisi uchun 5–10% qo‘shing (diagonal yotqizishda 15%). Kalkulyatorimiz kerakli pochka sonini o‘zi hisoblab beradi — pochka hajmi har modelda farq qiladi.

Toshkentda ko‘rib tanlash va yetkazib berish

Showroomimiz Toshkent, Almazar tumani, Usta Shirin 125 da. Panelni qo‘lda ushlab, rangini tabiiy yorug‘likda ko‘rib tanlash mumkin — ekranda rang har doim boshqacha chiqadi. Toshkent bo‘ylab yetkazib berish mavjud.